Entoni Blinken Bayden ma'muriyatida davlat kotibi bo'lishi mumkin

  • Amerika Ovozi

AQShda prezidentlikka saylangan Jo Bayden yangi mahkamasiga kadrlar tanlash bilan band ekan, Entoni Blinken davlat kotibi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 23-noyabr, 2020-yil

58 yashar Blinken sobiq prezident Barak Obama ma’muriyatida davlat kotibi o’rinbosari, milliy xavfsizlik maslahatchisi muovini, prezident yordamchisi muovini lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda u CNN telekompaniyasida tahlilchi sifatida ishlamoqda. Blinken Bayden saylov kampaniyasida ham faol bo’lgan.

Yangi saylangan prezident amaldagi rahbar Donald Tramp tashqi siyosatini tubdan o’zgartirish niyatida. Xususan, Bayden Eron yadro dasturiga doir xalqaro bitimga hamda iqlim bo’yicha Parij bitimiga qaytmoqchi, Trampning Jahon sog’liqni saqlash tashkilotidan chiqish rejasidan voz kechmoqchi.

Ayrim xabarlarga ko’ra, Baydenning uzoq yillik yordamchisi Jeyk Sullivan milliy xavfsizlik maslahatchisi, qora tanli sobiq diplomat ayol Linda Tomas-Grinfild esa BMTda elchi lavozimlariga tayinlanishi mumkin.