Bir yil oldin an'anaviy mafaronga mezbon Boston shahri ikki portlashdan larzaga kelgan edi. Fojea uch odamning boshini yeb, ko'plarni mayib qildi. Dunyoning eng nufuzli poygasida bu yil kayfiyat boshqacha.
Shahar o'zgardi, deydi "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashgan odamlar. Jamiyatni birlashtiradigan ham ba'zida halokat ekan - Boston hamon bardam, baquvvat, deydi ular.
O'tgan yili marafonda qatnashaman deganlar 27 ming edi. Bu safar 36 ming odam yugurmoqda. Shahar ma'muriyati xavfsizlikni oshirgan, ko'chalarda kuzatuv kameralari qadab chiqildi. Minglab politsiyachi va askarlar shay holatda.
O'tgan yilgi marafonda qatnashib, finishga yetolmagan minglab odamlar bu yil qayta taklif qilindi.
Bir million tomoshabin va yuguruvchilar marosimga nima ko'tarib kelgani qattiq tekshirildi. Xalta, sumkalar taqiqlandi.
Bostonda o'tgan yilning 15-aprelida finish chizig'i oldida ikki bomba portlagan edi. Rasmiylar bunda chechen aka-uka Tamerlan va Johar Tsarnayevni aybladi.
Bir necha kun davom etgan ov va otishmadan keyin Tamerlan og'ir jarohat yeb jon berdi. Yarador Johar esa shahar chekkasida qo'lga tushdi.
Johar noyabrda sud oldida javob beradi. Unga 30 ayblov qo'yilgan va aybdor topilsa, o'limga hukm qilinadi.

Your browser doesn’t support HTML5