Boston Olimpiya o'yinlari mezboni bo'lishga da'vogar

  • Amerika Ovozi

AQSh Olimpiya qo'mitasi payshanba kuni Denverda maslahat o'tkazib, Boston, Los-Anjeles, San-Fransisko va Vashington shaharlaridan nihoyat Bostonni tanlagan.

Amerikaning Boston shahri 2024-yilda Yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik uchun kurashadi.

AQSh Olimpiya qo'mitasi payshanba kuni Denverda maslahat o'tkazib, Boston, Los-Anjeles, San-Fransisko va Vashington shaharlaridan nihoyat Bostonni tanlagan.

Shahar avval Olimpiya musobaqalariga mezbon bo'lgan emas.

Amerika 20 yildirki, Yozgi olimpiya o'yinlarini qabul qilmagan. 1996-yilda Atlanta xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilgan edi.

Endi Boston Rim, Berlin, Parij kabilar bilan bellashishi kerak bo'ladi. Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tugal xulosani 2017-yilda ma'lum qiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Boston: Amerika Manzaralari/Exploring America, April 14, 2014