Prezident tinchlaning desa-da, Braziliyada namoyishlar avjida

  • Amerika Ovozi

Braziliya bo'ylab bir millionga yaqin odam namoyishga chiqqan

Braziliya ko’chalarida yuzlab ming odamlar korrupsiya, yuqori soliq va maishiy xizmatlar talabga javob bermasligidan nolimoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 22-iyun, 2013


Prezident Dilma Russef xalqni tinchlanishga undab, fuqarolarning shikoyat qilishga, namoyish o’tkazishga haqqi bor, deydi.

Ammo tartibsizlikka toqat qilinmaydi, qonunni buzgan fuqarolar jazolanadi, deya ogohlantirmoqda prezident.

Kecha Rio-de-Janeyro va Sao Paolo shaharlarida keng ko’lamli chiqishlar kuzatildi. Bir millionga yaqin odam ko’chada, deya bildiradi politsiya.

Prezident Russef Yaponiyaga safarini kechirtirgan. Aslida namoyishlarga turtki bergan narsa bu jamoat transportining qimmatlashgani edi. Lekin bugunga kelib, omma butun tizimdan dod demoqda.

Namoyishchilarning aytishicha, hukumat xalq mulkini va soliqdan tushgan mablag’ni o’ylamay ishlatishga o’rgangan. Bahaybat imoratlar qurish bilan xalqning hayoti, tirikchilik yaxshilanmayapti, deydi ular. Amaldorlar xalqni hurmat qilmaydi, uning oldidagi majburiyatlarini bajarmaydi, deya hayqirmoqda Braziliya ko’chalaridagi odamlar.