2003-yilda Britaniya Iroqni bosib olish operatsiyasida qatnashib, katta xatoga yo’l qo’ygan. 13 yil oldingi urushning dahshatli oqibatlari bugungi kungacha davom etmoqda.
Britaniyada o’tkazilgan tekshiruvdan ana shunday xulosaga kelindi. Komissiya 150 ming hujjatni, rasmiy bayonotlarni o’rganib chiqqan. Iroqqa hujum qilish asosli edimi, degan savol o’rtaga tashlangan edi.
Tekshiruvga boshchilik qilgan Jon Chilkotning aytishicha, o’sha paytda Iroqda ommaviy qirg’in qurollari borligi va uning tahdidi bo’rttirib ko’rsatilgan.
Urush oqibatlari haqidagi ogohlantirishlarga ko’z yumilgan. Saddam Husayn ketganidan keyin o’lkada nima bo’lishi haqida chuqur o’ylanmagan.
Oxir-oqibat Iroqda ommaviy qirg’in qurollari ham topilmadi.
Tekshiruv xulosasiga ko’ra, 2003-yilda Saddam Husayn, AQSh va Britaniya da’vo qilganidek, dunyo tinchligiga xavf solmagan.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5