Ukraina hukumati va separatist kuchlar 30 kilometr kenglikda bufer zona joriy etmoqda.
Bugun Belarus poytaxti Minskda erishilgan kelishuvga ko’ra, har ikki tomon o’z artilleriyasini 15 kilometr orqaga oladi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bufer zona amaliotini kuzatadi.
Bugun Rossiya yuk mashinalari Ukraina sharqiga insonparvarlik yordami olib kirgan. Buning uchun Kiyevdan ruxsat olinmagan. Hudud separatistlar nazoratida.