Amerikada baliqchilik kelajagi qanday?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Mutaxassislar nazarida Amerika baliqchilik sanoatiga zo’r berib, iqtisodiyoti anchayin naf ko’rgan bo’lar edi, xususan, Kaliforniya sohillarida baliqchilik xo’jaligini kengaytirish kerak.

Amerikaliklar jahonda dengiz mahsulotini iste’mol qilish bobida Xitoy va yaponlardan keyin uchinchi o’rinda. Mamlakatda talab oshgandan oshayapti. Lekin taklif yetarli emas.

“Okeanda yovvoyi baliq o’tgan yillarga qaraganda ikki karra kamaygan”, - deydi baliqchi Pol Ollin.

Bu kamchilikni baliqchilik fermalari qoplamoqda.

Bugun bozorga olib chiqilayotgan dengiz mahsulotining yarmi baliqchilik xo’jaliklarida yetishtirilmoqda.

Amerika hukumati joriy yilda baliqchilik fermalarini kengaytirishga ko’rsatma berdi. Olimlarning aytishicha, Kaliforniya sohillari bu jihatdan juda sermahsul.

“Okun’ va stavrida kabi baliqlar yetishtirish mumkin”, - deydi mutaxassis Jerri Shubel.

Xitoy va Osiyo mamlakatlari baliqchilik bobida dunyoda oldinda. Norvergiya va Chili keyingi o’rinlarda.

Qo’shma Shtatlar bu borada orqada, chunki yovvoyi baliq ovlash orqali yetarli mahsulot ta’minlanmoqda.

“Biroq dengiz mahsulotiga talab oshar ekan, baliqchilik fermalariga o’tishimiz kerak bo’ladi”, - deydi Milliy okean xizmatidan Jeyms Morris.

Buning uchun sharoit yaratilishi, suv ifloslanishi va kasallik tarqalishining oldini olish uchun choralar ko’rish kerak.

“Avvaliga oz sonli fermalar bilan ishlab ko’raylik. Ulardagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, yuqori standart, me’yorlarni joriy etaylik. Shunda jamoatchilik ishonchini ham qozonamiz”, - deydi Shubel.

Hozirning o’zida Amerika sohillarida baliqchilik fermalari ishlamoqda. Kelgusida bu sanoat mamlakat hayotiga tobora chuqurroq kirib borishi aniq, deydi mutaxassislar.