Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida 51 yashar odam qo’lga qurol olib, 16 kishi, jumladan bir politsiyachi ayolni o’ldirgan. Qotilning ismi Gabriel Vortmen. U politsiyachi formasini kiyib, mashinasini ham politsiya avtomobiliga o’xshatib bezatgani aytiladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Politsiya uni 12 soat ushlashga harakat qilgan, ammo qotil bir joydan ikkinchi joyga o’tib, odam o’ldiravergan. Nihoyat Enfild shahridagi yoqilg’i shohobchasida Vortmen politsiya bilan otishmada o’ldirilgan.
Ommaviy qotillik sabablari o’rganilmoqda. Politsiya voqeani terror xuruji deb xulosa qilishga shoshmayapti. Kanadada qurol sotib olish qiyin bo’lgani uchun qo’shni AQShdan farqli o’laroq, ommaviy otishmalar kamdan-kam uchraydigan holat.
So’nggi marta bunday voqea 1989-yilda Monreal shahrida ro’y bergan. O’shanda qurolli bir odam universitetga kirib, 14 ayolni o’ldirgan edi.