Ko’krak bezi saratoni tashhisi qo’yilgan ayollar odatda jarrohlik, kimyoterapiya va radiatsiya muolajalarini boshdan kechiradi. Biroq so’nggi tibbiy tadqiqotlar bu muolajalarni qo’llamasdan hayotni davom ettirish imkoni borligini ko’rsatmoqda.
Eymi Adamga ko’krak bezi saratoni diagnozi qo’yilganidan beri oilasi qurshovida bo’lishga urinadi.
“Shunday hollarda, inson oila muqaddasligini tushunarkan. Qandaydir birlashdik, yaqinlarim ham ko’nglimga qaraydi,”, - deydi u.
Eymi Adamning vaziyati omadli. U o’z vaqtida mammolog ko’rigidan o’tgan. Tashhis qo’yilganida saraton bezlari hajmi uch-to’rt millimetr bo’lgan. Avval lampektomiya, ya’ni jarrohlik usuli, keyin radiatsion terapiya olgan.
“Kimyoterapiyagacha bormadik”, - deydi u.
Missuri Tibbiyot institutidan shifokori Albrayt Emilining aytishicha, kasallik o’z vaqtida aniqlansa, kimyoterapiyaga hojat qolmasligi mumkin. “New England Journal” tibbiyot nashri, nasliy tekshiruvlar orqali saraton qaytalanishi ehtimolini aniqlasa bo’ladi deb yozadi.
Tadqiqot natijalariga ko’ra, saraton qaytalanishi ehtimoli past bo’lganda kimyoterapiyadan foydalanish naf bermaydi, aks hollardagina qo’llash maqsadga muvofiq. Ammo shifokorlar, saraton hali kuchaymagan pallada bemorlarga maslahat berishda ikkilanishadi.
“So’nggi tadqiqotlar saraton qaytarilishi ehtimoli past bo’lgan ayollarga kimyoterapiya foyda bermasligini oydinlashtirdi”, - deydi shifokor Emili.
Kimyoterapiya nafaqat ko’ngil aynishi, soch to’kilishi, holsizlikka sabab bo’ladi, shuningdek, yurak mushaklari va nerv tolalarini ham jarohatlaydi.
Ilmiy tadqiqotlar saratonga chalinish ehtimolini barvaqt aniqlash va qanday hollarda kimyoterapiya qo’llash mumkinligini oydinlashtirishi mumkin.
“Biologiyani chuqurroq o’rganish davolash usullarini individuallashtirish imkonini beradi. Masalan tez tarqaladigan kichik saraton bezlari, yoki yirik bo’lsada saraton bezlari bezarar bo’lishi ham mumkin”, - deydi shifokor Emili.
Emili Adamda saraton borligi skriningdan o’tish tufayli barvaqt aniqlangan. Mammogrammadan ko’rigi bilan ayolning o’zi his qilishidan kamida ikki yil avval aniqlash mumkin.
Emily Adamning aytishicha, shifokorlar uni kimyoterapiyaga buyurmagani uning uchun katta yutuq.
Bunday tadqiqotlar ko’krak bezi saratoniga uchragan ayollar shifo izlash jarayonida nojo’ya ta’sirlar kamayishiga olib kelsa ajab emas.