Pokiston sudi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FQB) agentiga qarshi ochilgan jinoyat ishini bekor qildi.
Joel Koks ismli amerikalik 5-may kuni o’zi bilan 15 ta o’q va uch dona pichoq olib keayotgan payt Karachi aeroportida qo’lga olingan edi. U poytaxt Islomobodga qarab uchayotgan bo’lgan.
Karachi sudi sudyasi 19-may kuni dalil yetishmaganligi bois Amerika fuqarosini ozod qilish haqida qaror chiqardi.
Politsiya rasmiysi Rao Anvarning “Amerika ovozi”ga aytishicha, AQSh elchixonasidan FQB agenti Pokistonda qurol olib yurish huquqiga ega bo’lgani haqida xat kelgach, unga qarshi ochigan jinoyat ishi yopilgan.
AQSh Davlat departamenti Joel Koksning AQSh missiyasiga yordamlashish uchun vaqtincha Pokistonga borganini tasdiqladi.
Hodisa Pokiston-Amerika munosabatlari biroz tinchlangan bir paytga to’g’ri keldi. Terrorizmga qarshi kurashda yaqin hamkor bo’lgan ikki davlat aloqalari so’nggi yillarda ancha sovuqlashgan.
2011-yil Markaziy Razvedka Agentligi xodimi Reymond Deyvis ikki Pokiston fuqarosini otib qo’ygach, ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlarga darz ketgan edi.
Deyvis halok bo’lganlarning oilalariga 2 million dollar to’lashga rozi bo’lgach, sud nihoyat uni ozodlikka chiqargan.