Amerika bosh diplomati Jon Kerri bu hafta Markaziy Osiyoga safar qiladi. Tashrifi davomida Kerri hukumatlar bilan inson huquqlariga doir muammolar haqida gaplashsin va mintaqaning uzoq yillardan beri ezib kelinayotgan fuqarolar jamiyatlari himoyasini muhokama qilsin.
Bir necha huquqiy tashkilot, xususan, Qozog’iston xalqaro inson huquqlari va qonun ustuvorligi idorasi, Turkmaniston inson huquqlari tashabbusi, Markaziy Osiyo inson huquqlari uyushmasi va Inson huquqlari bo’yicha xalqaro hamkorlik guruhi, Amerika davlat kotibiga ana shunday mazmunda maktub yo’llagan.
Jon Kerri safari paytida Markaziy Osiyo mamlakatlarining yuqori darajadagi mulozimlari bilan muzokaralar qiladi. Samarqandda, jumladan, besh mamlakat tashqi ishlar vazirlari bilan ko’rishadi.
Kerrining tashirifi, deya yoziladi maktubda, mintaqada fuqarolar jamiyatlari har qachongidan tahqirlangan bir paytga to’g’ri kelayapti. Region davlatlari xavfsizlik va barqarorlikni pesh qilib, o’zlarining repressiv siyosatini bemalol yuritmoqda. Hukumatlarni tanqid qilishga haddi sig’gan yoki inson huquqlari, qonun ustuvorligi va adolat yo’lida kurashayotgan fuqarolar, guruhlar ta’qib qilinmoqda.
Amerika bosh diplomati imkoniyatdan foydalanib, fuqarolar jamiyatlarining himoyasiga chiqsin, hukumatlarsin dadil-dadil savolga tutsin, deya undaydi huquq tashkilotlari.
Bugun mintaqadagi nodavlat tashkilotlar va ularning yetakchilari juda salbiy ruhda ta'riflanadi; xorijning manfaatlarini va qadriyatlarini olg'a surayotganlikda ayblanib, mahalliy barqarorlikka tahdid solayotganlikda ayblanib tanqid qilinadi.
Markaziy Osiyo o’lkalarida nodavlat tashkilotlar ishlashi mavjud qonunlar bilan nihoyatda cheklab qo’yilgan. O’zbekistonda, masalan, hukumatning keskin cheklovlari sababli chet el grantlari olib ishlatish g’oyat qiyin. Buning ustiga, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonda yangi hujjatlar qabul qilindiki, nodavlat tashkilotlar moliya jalb qilishini yanada qiyinlashtirgan.
Bugun, deyiladi, murojaatda, mintaqadagi nodavlat tashkilotlar va ularning yetakchilari juda salbiy ruhda ta'riflanadi; xorijning manfaatlarini va qadriyatlarini olg'a surayotganlikda ayblanib, mahalliy barqarorlikka tahdid solayotganlikda ayblanib tanqid qilinadi.
Ayrim huquq himoyachilari, misol uchun, mana bir necha yildirki, qamoqda. Qirg'izistonda turmada qolayotgan huquq faoli Azimjon Asqarov, O'zbekistonda qamoq muddati yaqinda yana uzaytirilgan Azam Farmonov ana shulardan.