Bolalar pornografiyasi gumoni bilan 245 kishi ushlangan

  • Amerika Ovozi

“Internetda bolalar pornografiyasi zamonning dolzarb muammolaridan”, - deydi AQSh Immigratsiya va boj xizmati rasmiysi Jon Morton.

Amerika rasmiylari bolalar pornografiyasi bilan shug’ullangan xalqaro jinoiy guruhga a’zolik gumoni bilan 245 odamni hibsga olgan.

Huquq-tartibot organlari 123 bolani xalos etgani aytilmoqda. Ular bir va 17 yoshlar oralig'ida. Aksariyati Qo'shma Shtatlarda, qolgani xorij davlatlarida bo'lgan.

Besh hafta davom etgan tergov dekabrda nihoyasiga yetgan.

“Internetda bolalar pornografiyasi zamonning dolzarb muammolaridan”, - deydi AQSh Immigratsiya va boj xizmati rasmiysi Jon Morton.

“Bu biznes ko’lami qo’rqinchli va xalqaro hamjamiyat unga qarshi tinimsiz, shiddatli kurash olib borishi lozim”, - deydi rasmiy.