O’tgan ikki oy ichida Xitoy katta temir yo’l vokzallarida uch yirik xurujga guvoh bo’ldi. Hukumat ularning barchasida ekstremistlarni ayblaydi. Terrirozimga qarshi keskin choralar yanada kuchaytiriladi, deya bildirmoqda Pekin rasmiylari.
Guandong viloyatining ma’muriy markazi Guanjudagi vokzalda pichoq ko’targan odam olti kishini jarohatlagan. Xavfsizlik kuchlari uni nishonga olgan, yaralagan va tergov shuni ko’rsatganki, bu shaxs yakka o’zi harakat qilgan. Mart oyida Kunming va o’tgan hafta Urumchida yuz bergan xurujlarga uning aloqasi yo’q ekani aniqlangan.
Kunming va Urumchidagi voqealar uyg’ur mutaassiblarning ishi, deydi tergovchilar.
Urumchida avval bomba portlagan, keyin esa bir odam ko’chada boshqalarni pichoqlay boshlagan. Uch kishi o’lgan, jarohat olganlar 80 ga yaqin.
Xan Lianchao – xitoylik siyosatshunos. Uning tahlilicha, Urumchidagi fojia va unga o’xshash hollarning oldini olish hukumat uchun oson emas.
Yaqinda davlat rahbari Shi Zinpin shu shaharda bo’lgan va “terroristlarga shafqat qilmaymiz” deya ta’kidlagan edi. Lekin hujumlar tinmayapti.
O’tgan yili, rasmiy hisobotlarga ko’ra, 10 voqea terror xuruji deya qayd etilgan. Aksariyati Shinjonda, musulmon uyg’ur aholi katta sonni tashkil etadigan mintaqada sodir bo’lgan. Bittasi esa Pekinda Tiananmen maydonida ro’y bergan. Hozirda ayniqsa vokzal va aeroportlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Xitoy yaqinda Milliy Xavfsizlik Komissiyasi degan yangi organ tuzdi. Davlatga qarshi, xoh mamlakatda, xoh xorijda bo’lsin, har qanday hujumning oldini olish bu komissiyaning oliy vazifasi deb belgilangan.
Pekin nazarida Shinjon tobora tahlikali mintaqa. Iqtisodiy rivojlantirishga urg’u berilib, diniy, etnik va siyosiy bosim oshgani uyg’urlar orasida hukumatga qarshi kayfiyatni yanada kuchaytirgan, deya kuzatadi ekspertlar.
Prezident Si Zinpin fikricha, Shinjon – ijtimoiy nifoqlar maydoni. Bu mojarolar bartaraf etilmasa, barqarorlik bo’lmaydi, deydi u.
Ayrim ekspertlar nazarida bu Pekin siyosatidagi katta o’zgarish. Shu paytgacha hukumat qonli xurujlarda hamisha uyg’urlarni, xususan ulardan chiqqan “terrorist kuchlarni” ayblagan.
Siyosiy tahlilchi Gardner Bovingdon deydiki:
“Bu yog’iga endi prezidentning o’zi boshchilik qilib, jamiyatdagi tub muammolarga qarshi konkret choralar ko’rishini kutamiz. Lekin bunga, ochig’i, ishonch kam. Siyosatni real ravishda o’zgartirish oldingi siyosat noto’g’ri bo’lganini tan olish bilan barobar. Bunga Pekin qodirmi?”
Xitoy bo’yicha yana bir ekspert Jeyms Nolt tahlilicha, Si Zinpin aslida u qadar yangi bir pozitsiyada emas.
“Davlat xavfsizligini ta’minlash uchun ijtimoiy tafovutlarga ham e’tibor qaratishimiz kerak, deyapti. Bu quruq bir gap deb o’ylayman. Oxirgi xurujlarga nisbatan munosabatning bir ko’rinishi”.
Aslida, deydi olim, Pekinning uyg’urlarga nisbatan siyosati o’sha-o’sha: ularning orasidagi muxolifatchilarni quritish kerak.
Haqiqatan ham Xitoy hukumati nazarida davlatga qarshi asosiy tahdid terrorizmdir va eng olovli nuqta – Shinjon-Uyg’ur muxtoriyati. Xavfsizlik kuchlari u yerda doimiy shay holatda turibdi.
Your browser doesn’t support HTML5