To'rt oy oldin Gonkongdan tezyurar katerda qochmoqchi bo’lgan 12 kishidan 10 nafari ustidan Xitoyning Shenchjen shahrida sud jarayoni boshlandi. Ular chegarani noqonuniy kesib o’tganlikda ayblanmoqda, yana ikkisiga bu ishni rejalaganlik aybi qo’yilgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Qayiqda balog’at yoshiga yetmagan ikki o’smir ham bo’lgan, ularning sudi alohida o’tmoqda.
Qochoqlar Tayvanga ketayotganida Xitoy sohil xavfsizligi tomonidan ushlangan edi. Ayblanuvchilarning qarindoshlari yaqinlariga advokat yollash imkoniyatidan mahrum etilganini, sud jarayoni ortida siyosiy sabablar borligini aytmoqda.
"Aslida bu maxfiy sud. Oila a’zolariga jarayonni kuzatishga ruxsat berishmadi”, - deydi gonkonglik faol Li Chuk Yan.
Qochoqlar chegaradan o’tgani uchun bir yilgacha, bu ishni rejalagani uchun 7 yilgacha qamalishi mumkin.
Qo’shma Shtatlar Xitoy hukumatini hibsdagi barcha 12 gonkonglikni ozod etishga chaqirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jao Lijianning aytishicha, AQSh Gonkong masalasini ko’taraverib, Pekin ichki siyosatiga aralashishni bas qilishi zarur.
AQSh elchixonasi bayonotida aytilishicha, bu odamlarning aybi zulmdan qochishga harakat bo’lgan.