Xitoy AQShni iqtisodiy aloqalarga putur yetkazmaslikka chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoyning ogohlantirishicha, AQShning Xitoy mahsulotlariga qo’yilgan tariflari asosan amerikalik xaridorlarga zarar bo’ladi.

Xitoy hukumati so’zlovchisiga ko’ra, ikki davlat kelishmovchiliklarni o’tirib hal qilishi kerak.

“Biz savdo urushidan qo’rqmaymiz. Bir tomonning boshqa tarafga bosim qo’yishiga qarshimiz, qonuniy manfaatlarimiz va huquqlarimizni himoya qilish uchun barcha choralarni ishga solamiz. Qo’shma Shtatlarni ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalariga zarar keltiruvchi qadamlardan o’zini tiyishga chaqiramiz”, - dedi Xitoy Savdo vazirligi so’zlovchisi Gao Fen.

O’tgan hafta Prezident Tramp ayrim Xitoy mahsulotlariga salkam 60 milliard dollarlik boj to’lovlarini joriy etishga qaror qildi. Pekin AQSh importlariga nisbatan javob chorasi haqida ogohlantirmoqda.

Tramp ma’muriyatiga ko’ra, AQShning Xitoy mollariga tariflari 60 kun ichida kuchga kiradi.