Xitoy prezidenti Si Zinpin Barak Obama bilan muloqot uchun Kaliforniya shtatiga keldi. Bugun muzokaralarning ikkinchi kuni. Kechagi uchrashuv Los-Anjeles shahri yaqinida bo’lib o’tdi. Bu Si Zinpinning prezident bo’lganidan beri Obama bilan ilk uchrashuvi.
AQSh rahbari muloqot chog’ida ikki tomonlama munosabatlarga doir qator muammolarga yechim topiladi, degan umidda. Ayni damda Amerika uchun eng dolzarb mavzu kiberxavfsizlik.
Vashington xitoylik xakerlarni uning harbiy va iqtisodiy sirlarini o’g’irlayotganlikda ayblab, uning ortida Pekin turganini da’vo qiladi, ammo Xitoy hukumati bu ayblovlarni inkor etib, o’zi ham AQSh kiberxurujlariga uchrab turishini aytadi.
Si Zinpin ikki kunlik muloqot chog’ida munosabatlarning yangi modeliga zamin hozirlanishiga umid qilmoqda.
Xitoy o’z navbatida AQShning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida faollashayotganidan xavotirda. Pekin, shuningdek, AQSh bozorlarini Xitoy kompaniyalariga kattaroq ochib berishni so’rab keladi.
Shimoliy Koreya yadro dasturi ham ikki rahbar uchrashuvi kun tartibidan joy olgan mavzulardan.
Si Zinpin AQShga payshanba kuni kelgan. Undan oldin Xitoy rahbari Meksika, Kosta-Rika hamda Trinidad va Tobagoda bo’ldi.