Din

Shinjondagi qishloqda rasmiylar alkogol, tamaki sotishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

Shinjon-uyg'ur muxtoriyati, Xo'tan tumani

Xitoy hukumati Shinjon-Uyg'ur muxtoriyati, Xo'tan tumanidagi Oqtosh qishlog'ida do'konlarda alkogol va tamaki sotishni buyurgan.

Bo'ysunmagan do'kon yopilishi, ularning sohiblariga qarshi qonuniy choralar ko'rilishi aytilmoqda.

Bu mahsulotni eng ko'rinadigan joyda sotishga ko'rsatma berilgan.

Oqtoshdagi uyg'urlarning aytishicha, hukumat shu tariqa hududda islomga qarshi kampaniya olib borayapti.

Qishloq ahli e'tiqodi bois alkogol ichmaydi, do'konlar ham buni bilib, bu mahsulotni sotmaydi, deydi mahalliy faollar.

Uyg'urlar nazarida Xitoy hukumati bu bilan separatizm va terrorizmga qarshi targ'ibot ishlari olib borayotganini da'vo qiladi.

Bu siyosat doirasida uyg'urlar kamsitish, diniy cheklov va madaniy bosim bilan yuzlashayotganidan shikoyat qiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek

Uyg'ur jamoasi Vashingtonda Xitoy siyosatiga qarshi namoyish qildi