Xorijdagi uyg’ur yetakchilarining aytishicha, Xitoy g’arbidagi Shinjon Uyg’ur muxtoriyatini shu kunlarda huquq-tartibot organlari qattiq nazorat ostiga olgan.
Uyg’ur mahallarida xavfsizlik kuchlari patrullarni kuchaytirgan, go’yo aholi “urush zonasida” yashayotgandek, deydi Olim Seytoff, Vashingtonda asoslangan Uyg’ur-Amerika uyushmasi bosh kotibi.
Bundan uch yil oldin, uyg’ur va xitoylar o’rtasida ro’y bergan qonli to’qnashuvlar 200 kishini hayotdan olib ketgan edi.
Shinjon Kommunistik Partiyasi rahbari Jang Chunshian kuni-kecha Urumchida huquq-tartibot xodimlari bilan uchrashib, terrorchi va bo’lginchilarni ayab o’tirmang, degan.
Olim Seytoffning aytishicha, 2010-yilda lavozimiga kirishgan bu rasmiy avvaliga uyg’urlar ko’ngliga yo’l topdi. Ikki xalq yonma-yon tinch yashay oladi deya ishontirdi. Biroq ko’p o’tmay uning asl qiyofasi namoyon bo’ldi, deydi u.
Urumchiga tashrifi chog’ida Kommunistik Partiya rahbari mintaqadagi vaziyatni barqaror deya ta’riflab, diniy erkinlik va inson huquqlari davlat himoyasida ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, aholini zo’ravonlikka undayotgan uyg’ur ekstremistlarini yanchib tashlaymiz, degan.
Xitoy hukumati 2009-yildan buyon Shinjonga yordamni oshirib keladi. Iqtisodiy ahvol, yo’qsillik xalqni bosh ko’tarishga undayotgan asosiy sabablardan biri, lekin rasmiy Pekinning maqsadi boshqa, deydi Olim Seytoff.
“Mablag’ va taraqqiyot loyihalari asosan Sharqiy Turkistonga ko’chib kelayotgan xitoylar manfaati uchun xizmat qiladi. Ish o’rinlari, sog’liqni saqlash dasturlari ular uchun kafolatlangan. Uyg’urlar esa bundan mahrum. Millionlab dollar sarmoya kiritilgan bo’lsa, asosiy muddao - immigratsiyani tezlashtirish”, - deydi Uyg’ur-Amerika uyushmasi bosh kotibi.