Xitoy Shinjon Uyg’ur muxtoriyatida chorshanba kungi to’qnashuvlar natijasida halok bo'lganlar soni 35 kishiga yetganini ma’lum qilmoqda.
Rasmiy Pekin voqeani terrorchilar hujumi deb izohlaydi.
Kecha e’lon qilingan hisobotga ko’ra, noma’lum guruh erta tongda Shanshan tumanida to’polon boshlagan, politsiya mahkamasiga, mahalliy hukumat idoralari va qurilish ketayotgan manzilga hujum qilib, 24 kishini o’ldirgan. Shulardan ikki nafari politsiyachi.
Sinxua axborot agentligining bildirishicha, politsiya 11 nafar hujumchini otib o’ldirgan. Hozir shaharda tartib tiklangani aytiladi. O'lganlardan 16 nafari uyg’urlar.
Bu Shinjonda 2009-yildan beri kuzatilgan eng qonli janjal, deya ko’riladi.
O’shanda Urumchida xitoylar va uyg’urlar o’rtasidagi olishuvlar taxminan 200 odamni hayotdan olib ketgan edi. Shundan beri mintaqada elatlararo ziddiyatlar bot-bot ro’y beradi.
Xitoy voqeada Sharqiy Turkiston islomiy harakatini, Pokistonda tayyorgarlikdan o’tayotgan uyg’ur terrorchilarini ayblaydi.
Uyg’ur faollari esa Shinjonda biror terrorchi tashkilot yo’q, g’alayonlar Pekinning zo’ravonlik siyosati mahsulidir, deydi.