Xitoyning olis Shinjon viloyatida etnik norozilik hissi kuchayib bormoqda. Bu prezident Si Zinpin yuz tutayotgan eng katta muammolardan biri sifatida ko’rilmoqda. Yaqinda hukumat yig’inlaridan birida Zinpin ozchilik uyg’urlarni mamlakat hayotiga ko’proq qo’shish masalasini ko’targan.
14 oy muqaddam Si Zinpin rahbarlikni qo’lga kiritgandan beri Xitoyda qonli zo’ravonliklarda 200 ga yaqin inson halok bo’ldi. Xurujlarning aksariyati Shinjonda ro’y bergan, ammo poytaxt Pekinning Tiananmen maydonidan tortib janubdagi Yunnan viloyatigacha boshqa hududlar ham zo’ravonlikdan xoli emas.
Xitoy rahbari mamlakatning asosiy qismi bo’lgan xanlar va ozchilik uyg’urlar o’rtasida yaqinlikni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Avstraliyaning La Trobe universiteti tadqiqotchisi Jeyms Leyboldning aytishicha, Pekin hozir uyg’urlarning boshqa hududlarga erkin ko’cha olishi uchun sharoit yaratish haqida o’ylanmoqda.
“Yangilik shuki, pulning o’zi muammolarni yecha olmasligini tan olishmoqda. Odamlar boshqa joylardan imkoniyat qidirishi uchun erkinlik berish kerak; ular Urumchida, Shanxayda yoki Pekinda bo’lishidan qat’i nazar. Bu katta, ammo sinalmagan qadam”, - deydi u.
Tadqiqotchi nazarida uyg’urlarni boshqa viloyatlarga ko’chirish yangi etnik ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Bir tomondan, davlat zo’ravonlik va terrorga chek qo’yishni ko’zlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning assimilyatsiya siyosati, menimcha, yaqin kelajakda vaziyatni yanada murakkablashtiradi”, - deydi Leybold.
Xitoy matbuoti xabarlariga ko’ra, prezident Si Zinpin tushunmovchiliklarga chek qo’yish, milliy birdamlikni himoya qilish hamda muammolarni yechish uchun xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish muhimligini ta’kidlagan. Shuningdek, u barcha elatlar orasida umumiy xitoylik degan tushunchani yaratish lozimligiga urg’u bergan.
Ma’lumotlarga ko’ra, ilgari Xitoyning turli hududlarida yashagan uyg’urlarni Shinjonga majburan qaytarish harakatlari bo’lgan.
Uyg’ur-Amerika uyushmasi prezidenti Olim Seitoffning aytishicha, assimilyatsiya siyosati, avval bo’lganidek, etnik ziddiyatlarni yanada kuchaytiradi.
“Gap millatlararo kelishuvni targ’ib etish haqida ketmayapti. Aksincha, bu milliy genotsidni kuchaytirish hamda uyg’urlarni majburan o’zgartirish siyosatidir. Bugun biz ko’rayotgan muammolar aslida ana shunday majburiy qo’shib olish siyosatining natijasi”, - deydi AQShdagi uyg’urlar jamiyati rahbari.
Seitoff so’zlariga ko’ra, uyg’ur bolalarini maktab to’lovlaridan ozod qilish hamda oilalarga ish topishda ko’maklashish borasida hukumat qarori katta yangilik emas.
Xitoy Shinjonni rivojlantirish uchun milliardlab dollar sarflaganiga qaramay, buning uyg’ur xalqiga ta’siri sezilgani yo’q, deydi Seitoff.
“Rasmiy Pekin ishlarni uyg’urlar uchun yaratayotgani yo’q. Aksincha, ular bu yerga ko’chib kelgan xitoylar uchun yaratilmoqda”, - deydi u.
Prezident Si Zinpin vaziyatni o’nglash bo’yicha to’g’ri yo’ldan ketayapmiz, deydi. Janubiy Shinjonni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan loyihalar ijobiy qadamlardir, deydi u.
Davlat matbuoti xabarlariga ko’ra, hukumat 2020-yilgacha mintaqada to’qimachilik sanoatini rivojlantirib, ish o’rinlarini bir millionga oshirmoqchi.
Kuzatuvchilar bunda mahalliy aholi talab va istaklaridan kelib chiqqan holda ish yuritish lozimligini ta’kidlaydi.
Your browser doesn’t support HTML5