Xitoyning g'arbiy Shinjon viloyatida terrorizm va chegaradan noqonuniy o'tish ayblovlari bilan 45 odam qamalgan.
Shinjon yoki Sharqiy Turkiston deb ataladigan yer uyg'urlar vatani bo'lib, ular Pekindagi hukumatni zulmda va qatag'onlarda ayblaydi.
Rasmiylarga ko'ra, sudlanganlarning ba'zilari chegaradan o'tib, jihodda ishtirok etmoqchi bo'lgan.
Ayrimlari Afg'oniston chegarasida Tojikiston xavfsizlik xodimlari tomonidan ushlangan.
Ularga chegaradan o'tishda yordam bergan bir necha odam ham sudlangan. Ikkisiga umrbod qamoq jazosi berildi.
Xitoy hukumatiga ko'ra, uyg'urlar xalqaro terror guruhlariga qo'shilmoqda.
O'tgan oy Tailanddan chiqarilgan 100 dan ziyod uyg'urga shunday ayblovlar qo'yildi. Inson huquqlari tashkilotlari ularning ekstraditsiya qilinishini qoralamoqda.