Qo’shma Shtatlar tashqi siyosatida Osiyoga e’tiborni kuchaytirib borar ekan, vashingtonlik tahlilchilar nazarida qit’ada mintaqaviy guruhlarning roli oshib bormoqda. AQSh shunday tashkilotlardan birining faoliyatini yaqindan kuzatib keladi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash o’tgan oy Shanxayda 4-sammitini o’tkazdi. Qozog’iston tashabbusi bilan 1999-yilda tashkil topgan guruhga bugun qit’ada 26 davlat a’zo, yana yetti mamlakat va to’rt xalqaro tashkilot, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvchilik maqomini olgan.
Vashingtonga tashrif buyurgan Qozog’iston tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Yerjan Ashikbayev guruh faoliyatini tasvirlar ekan, mintaqaviy integratsiya iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarda mamlakatlarga foyda keltirishini aytdi.
"Globalizatsiya jarayoni shuni ko’rsatmoqdaki, o’zaro hurmatga asoslangan regional yondashuv davlatlarning mustahkam bo’lishini kafolatlaydi. Siyosiy va iqtisodiy raqobatga asoslangan mintaqaviy strukturalar mamlakatlarning dunyo sahnasidagi pozitsiyasini kuchaytiradi", - deydi Qozog’iston rasmiysi.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashning Shanxayda o’tgan sammitida O’zbekiston rahbari Islom Karimov ham qatnashdi. Guruh raisligini qabul qilib olgan Xitoy prezidenti Si Zinpin xavfsizlik bobida to’rt yo’nalishda hamkorlikni taklif qildi.
Qozog’iston tashqi ishlar vaziri o’rinbosari ularni sanab o’tdi:
"Hech bir mamlakat o’z xavfsizligini boshqa a’zolar xavfsizligi hisobiga kuchaytirmasligi, bir-birining umumiy mavjudligini tan olishi, a’zo davlatlarning xavfsizlik bobidagi xavotirlarini e’tiborsiz qoldirmasligi, yangi tahdidlar va muammolarga qarshi kurashda hamkorlik qilishi, bahsli masalalarni tinch yo’l bilan hal etishi va kuch ishlatishdan o’zini tiyishi, Osiyoda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni yo’lga solishda kelishib ish ko’rishi zarur", - deydi Yerjan Ashikbayev.
AQSh mudofaa vazirining Afg’oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisining o’rinbosari lavozimida ishlagan Deyvid Sedniga ko’ra, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengashga boshida e’tibor bermagan Qo’shma Shtatlar so’nggi 5-6 yilda guruh bilan muloqotni oshirib, uning kuzatuvchilaridan biri hisoblanadi.
Unga ko’ra, bahs va munozaralarni hal etishda mintaqaviy tashkilotlarning ahamiyati oshib bormoqda.
Pentagon sobiq rasmiysi BMTning so’nggi 20 yilda bu boradagi passivligini tanqidga oldi. Rossiyaning Qrimni tortib olganini misol tariqasida keltirar ekan, Sedni Xavfsizlik Kengashi a’zolarining veto huquqi bois BMT Ukraina masalasini hal etishga ojiz ekanini ta’kidladi. Unga ko’ra, regional guruhlar mojarolarga yechim topishda muhim rol o’ynamoqda. Masalan, Afrikada.
Biroq, deydi Deyvid Sedni, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash ana shunday tashkilotmi, yo’qmi, buni Osiyodagi ko’plab boshqa guruhlar o’rtasidagi raqobat natijasi ko’rsatadi.
Sobiq rasmiy kengashga o’tgan oy rais etib tanlangan Xitoyning o’zini qanday tutishidan ham xavotirda. Eng muhimi, tashkilotdagi kichikroq davlatlar kattaroq mamlakatlar nog’orasiga o’ynamasa bo’ldi. A’zolar tenghuquqli bo’lishi lozim, deydi u.
"Agar Xitoy raislikdan guruhni o’z yo’liga solish uchun, o’z siyosatini olg’a surish uchun foydalansa, tashkilot ko’zlangan maqsadlariga yeta olmaydi. Qozog’iston kichik bo’lgani uchun Pekinga bu ishda to’siq bo’la olmasligi mumkin. Guruh kelajagi xavf ostida", - deydi Deyvid Sedni.
AQShning Qozog’istondagi sobiq elchisi Uilyam Kortni nazarida Xitoy Markaziy Osiyoni o’zining ishonchli strategik sirti sifatida ko’radi.
"Xitoy Rossiya va Markaziy Osiyodan qancha ko’p yonilg’i olsa, G’arb davlatlari unga Fors ko’rfazi mamlakatlari va boshqa joydan dengiz orqali energetik resurslarni olishda to’sqinlik qilsa ham Xitoyga zarar qilmaydi. Pekin G’arb harbiy-dengiz kuchlarining uning strategik iqtisodiy aloqalariga halaqit berishidan xavotirda. Shuning uchun Markaziy Osiyo Pekin uchun muhim hudud sanaladi, chunki G’arb mintaqaga harbiy ta’sirini o’tkaza olmaydi", - deydi sobiq diplomat.
Uilyam Kortniga ko’ra, G’arb so’nggi paytda Markaziy Osiyodan uzoqlashmoqda. NATO kuchlari Afg’onistonni tark etgach, bu jarayon yanada jadallashadi, deydi u.
"Bunga sabab shuki, G’arbning Markaziy Osiyoda islohotlar yo’qligidan hafsalasi pir. Masalan, Qozog’istonni hisobga olmaganda iqtisodiy islohotlar yo’q yoki Qirg’izistonni hisobga olmaganda siyosiy islohotlar yo’q. G’arb so’nggi paytda dunyodagi davlatlar bilan munosabatlarida reformalarni talab qilmoqda", - deydi AQSh sobiq elchisi.
Qozog’iston tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Yerjan Ashikbayevning aytishicha, Osiyoda mamlakatlar o’rtasidagi aloqalarni, hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi guruh yo’q. Ayni damda Hamkorlik va ishonch choralari bo’yicha kengash ish prinsipini Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotinikiga o’xshatib yo’lga solish harakatlari avjida.
Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kengashning Shanxaydagi sammitida kengash nomini Osiyoda xavfsizlik va taraqqiyot tashkilotiga o’zgartirishni taklif qildi.

Your browser doesn’t support HTML5