Amerikaning ayrim g’arbiy hududlarida qurg’oqchilik qatorida yuqori harorat kuzatilmoqda. Bu, deydi ekspertlar, ob-havodagi uzoq muddatli o’zgarishlardan darak.
AQSh g’arbida 50 ka yaqin o’rmon yong’inlari kuzatilmoqda. Jumladan, o’tgan yili katta yong’inlar bilan yuzlashgan Kaliforniyada.
Shtatdagi ikkinchi eng yirik rezervuar, Orovill ko’lida hamda qo’shni Arizona va Nevada shtatlaridagi Mid ko’lida suv sathi pasayib ketgan. Bu degani, elektr energiyasi ishlab chiqarish kamayishi mumkin. O’lim vodiysi va boshqa joylarda harorat ko’tarilmoqda.
Buni ham ko'ring "Iqlim qochqinlari" kim?Kaliforniyaning Peredayz shahri 2018-yilda deyarli butunlay yonib ketgan edi. O’t o’chiruvchilar yana bir halokatli mavsumga tayyorlanmoqda.
“Yilning hozirgi davri uchun o’simliklarda namlik darajasi past. Demak, yong’in mavsumi uzoq davom etishi mumkin”, - deydi o’t o’chirish brigadasi rahbari Jon Messina.
Ko’pincha o’rmon yong’inlariga odamlar yoki chaqmoq sababchi. Shox-shabbalar quruq va zichligi xavfni yanada oshiradi.
“Ushbu landshaft o’simliklarga boy, yong’in boshlansa kunlab davom etadi. Bir paytning o’zida, iqlim o’zgarishi qurg’oqchilik olib kelmoqda”, - deydi ekolog Syuzan Prichard.
So’nggi yillarda shtatda resurslar ham kamaygan. Ba’zida katta yong’inlar ob-havo o’zgarguncha davom etadi.
“Samolyot yong’inlarni o’chirayotgan suratlarni ko’p ko’ramiz. Ammo yong’in katta hududni qamrab olgan bo’lsa, issiq va shamol bo’lsa, bunday choralar ham samarasiz”, - deydi iqlimshunos olim Mayk Flannigan.
Boshqa mamlakatlarda ham aholi iqlim tufayli kelib chiqayotgan ofatlardan jabr ko’rmoqda.
“Iqlim o’zgarishi, ekstremal ob-havo, qurg’oqchilik va toshqinlar – hammasi bir-biriga bog’liq. Ba’zida haddan ziyod issiq yoki sovuq”, - deydi Flannigan.
Buni ham ko'ring Iqlim o'zgarishi qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir qilmoqdaEkspertlarga ko’ra, uglerod chiqindilarini nazorat qilish jarayonni sekinlashtirishi mumkin, ammo AQShning ayrim hududlari uchun endi kech.
“Ba’zida moslashuv qiyin kechadi, ba‘zida esa muammoning yechimi yo’q”, - Kaliforniya universiteti professori deydi Leroy Vesterling.
Buning qisman sababi shundaki, ekstremal ob-havo yer yuzidagi va ostidagi sharoitlarni o’zgartirmoqda.
“Suv ta’minoti bundan buyon barqaror bo’lmaydi”, - deydi suhbatdosh.
Ushbu jarayonlar, jazirama va ofatlar dunyoning boshqa nuqtalarida ham kuzatilyapti.
“Ammo fikrimcha, yashaydigan joyimizda yonuvchi materiallarni kamaytirib, yong’inlarga moslashish imkoniyati bor. Muhimi tayyorgarlik”, - deydi Prichard.
Tahdid darajasini nazorat qilib, deydi u, iqlim o’zgarishiga olib kelayotgan uglerod chiqindilarini ham kamaytirish lozim.