AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton Osiyo bo’ylab safar qilar ekan, bugun Pekinda. Janubiy Xitoy dengiziga doir bahslarga yechim topishda mintaqa davlatlarini umumiy bir tizimga kelishishga chaqirmoqda.
Klinton Pekindan munozaralarni Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan birgalikda qoidalar majmuasi asosida muhokama etishni so’ramoqda. Xitoy tabiiy resurslarga boy dengizga deyarli to’la-to’kis da’vo qilib, qoidalarni qabul qilishdan bosh tortib keladi. Rasmiy Pekin masalani Tayvan, Filippin, Vyetnam, Malayziya, Bruney kabi da’vogar davlatlar bilan alohida ko’rib chiqishni afzal ko’radi.
Klinton kecha Indoneziyaga tashrifi chog’ida uyushmaga a’zo davlatlarni bir yoqadan bosh chiqarib ish qilishga da’vat etgan.
Xitoy Qo’shma Shtatlardan bu masalaga aralashmaslikni so’rab keladi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri vakili Xon Ley bugun matbuot anjumanida AQShni yana bir bor ogohlantirgan.
"Qo’shma Shtatlar Janubiy Xitoy dengizi masalasi xususida da’vogarlardan birining yonini olmasligi haqida bir necha bor aytgan. Umid qilamizki, ular va’dasining ustidan chiqib, mintaqa tinchligi va barqarorligi yo’lida xizmat qiladi", - deydi Xitoy rasmiysi.
So’nggi paytda bu davlat matbuotida AQShning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi siyosatini tanqid qiluvchi qator maqolalar chop etildi. Biriga ko’ra, Vashington Xitoyning qo’shni davlatlar bilan aloqalaridagi ziddiyatlarga bosh sababchidir.
Tahlilchi Ralf Kossaning aytishicha, mintaqada dengiz uchun urushgacha borilmaydi. Ekspert, shuningdek, Klinton safari chog’ida biror ishni uddalashiga shubha qilmoqda.
"Qoidalar majmuasi qabul qilinishiga ishonmayman. Shunga o’xshagan biror vosita bo’lgan taqdirda ham ijrosi oqsaydi, deb o’ylayman. Busiz esa qoidalar qog’ozda qolib ketadi", - deydi mutaxassis.
Qo’shma Shtatlar masalada tarafkashlik qilmasligini aytib kelayotgan bo’lsa-da, Pekinni urushgani urushgan. Hech bir tomon boshqasiga do’q-po’pisa qilmasligi, ziddiyat keltirib chiqarmasligi lozim, dedi Klinton.
Klinton may oyidan beri Osiyoga uchinchi bor qatnashi. Bu safar olti davlatda bo’ladi. Prezident Obama qayta saylansa ham, Klinton yil oxirigacha lavozimidan ketishini aytgan. Demak, bu uning qit’aga davlat kotibi sifatida so’nggi safari.
Xitoyga tashrifi chog’ida inson huquqlari, Suriyadagi vaziyat, Eron atom dasturi ham muhokamada bo’ladi.