Amerikada prezidentlikka nomzodlar soni besh va undan ko'p bo'lgani bilan asosiy kurash hamisha respublikachi va demokrat nomzodlar o'rtasida bo'lgan.
Bu yilgi saylovlarda Demokratik partiya sobiq davlat kotibi Xillari Klintonni, respublikachilar esa tadbirkor Donald Trampni nomzodlikka ko'rsatdi. Ular haqida nima bilamiz? "Amerika Ovozi" Klinton va Tramp portretlarini chizishga harakat qildi.