Xalqaro jinoiy sud Kongo sobiq jangarilar qo’mondoni Jermayn Katangani urush jinoyatlarida aybdor deb topdi.
2003-yilda Kongo demokratik respublikasi sharqida, Bogoro qishlog’ida qurolli qo’zg’olon ro’y berib, taxminan 200 odam nobud bo’lgan. Oddiy odamlar qirib yuborilgan, ularning mol-mulki barbod qilingan.
Gaaga sudi hukmiga ko’ra, Katanga g’alayonda bevosita qatnashmagan, lekin uni rejalashda yordam bergan.
Sobiq jangari barcha ayblarni rad etib, sudga apellyatsiya yo’llashini aytayapti.
Tabiiy zaxiraga boy Bogorodagi qirg’in Kongo fuqarolik urushining so’nggi va qonli sahifalaridan.
Jangarilar erta tongda qishloqqa kirib borib, odamlarni elatiga qarab o’ldirgan, ayollarni zo’rlagan.
Katanga Kongodagi urush bo’yicha Xalqaro jisoiy sudda savolga tutilayotgan ikkinchi shaxs.