Vakillar palatasi qochqinlarni qabul qilish rejasini to'sdi

  • Amerika Ovozi

Kongressning respublikachilar nazoratidagi quyi palatasi Prezident Obama olg'a surgan, Suriya va iroqlik 10 ming qochqinni Amerikaga qabul qilish rejasini vaqtincha to'xtatishga ovoz berdi.

Bu odamlar kelasi bir yilda AQShda panoh topishi kutilgan edi. Chora Senatdan ham o'tsa, Obama veto huquqini qo'llamoqchi.

Qonunchilar qochqinlarni qattiqroq, puxtaroq tekshirishni talab qilmoqda.

Prezidentlikka da'vogar respublikachi senator Ted Kruz odamlarning niyati nima ekanini bilish qiyin; jihodchilar kirib kelmasligini kim kafolatlay oladi, deydi.

Obama esa qochqinlar nihoyatda izchil tekshiruvdan o'tishini, shundan so'nggina Amerikaga qo'yilishini aytadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Qochqin maqomini olish murakkab jarayon - US/Refugee Status

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada qo'nim topgan suriyalik