Tolibon Afg’onistonda qo’li ostidagi hududlarda koronavirus tarqalsa, harbiy harakatlarni to’xtatib, tibbiy xizmatchilar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirmoqda. Toliblar epidemiya boshlansa, hukumat bilan sulh qilishi haqidagi xabarlarni inkor etmoqda.
Rasmiy Kobul Tolibon bayonotini olqishlagan holda jangarilarni mamlakat bo’ylab sulhga da’vat etmoqda.
“Toliblar Afg’oniston bo’ylab hujumlarini bas qilsa yaxshi bo’lardi”, - deydi afg’onlardan biri.
Afg’oniston Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Vohid Mayarning aytishicha, Tolibon sulhga rozi bo’lib, koronavirus tarqalgan joylarga hukumat yuborgan tibbiy xizmatchilarni va xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlarini kiritishi kerak.
Bu o’rtada Afg’oniston hukumati Bagram aviabazasidagi qamoqxonada saqlanayotgan toliblarning 100 nafarini ozod etishga kirishgan. Toliblar o’z navbatida xavfsizlik kuchlarining 20 xodimini Kobulga topshirmoqda. Tomonlar jami 6000 mahbus ayirboshlashga kelishgan.