Amerikada maktablar qachon ochiladi?

  • Amerika Ovozi

School

AQShda koronavirusdan o’lganlar soni 500 mingdan oshdi. Emlash dasturi hamda virus yuqtirish sur’atining tushayotgani hayotning normal holatga qaytishiga umid bermoqda. O’qituvchilar ham emlanarkan, maktablar qachon to’liq ochiladi?

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 22-fevral, 2021-yil

Amerikalik o’quvchilarning 40 foizi haftada besh marta sinfxonalarda ta’lim olish tanloviga ega.

“Ko’plab ilmiy izlanishlardan Amerikadagi millionlab bolalar maktabga chiqmasligidan zarar ko’rayotganini bilsa bo’ladi”, - deydi luizianalik respublikachi kongressmen Stiv Skalis.

Jo Bayden Oq uyga yanvar oyida kirganida aprel oxirigacha bolalar bog’chasidan tortib 8-sinfgacha bo’lgan maktablarni ochishga so’z bergan edi. Bayden maktablardagi sharoitlarni yaxshilash, o’qituvchilar sonini ko’paytirish, sinfxonalarni xavfsiz qilishga qaratilgan choralar uchun Kongressdan 130 million dollar so’ragan.

Ayrim kasaba uyushmalarga ko’ra, o’qituvchilar sinfxonalarga qaytishdan oldin emlanishi shart. Yuqumli kasalliklarning oldini olish markazi boshqa qoidalarga ham amal qilish muhimligiga ishora qiladi.

“Sinflarda o’quvchilar sonini kamaytirish, maktab avtobuslarida o’quvchilar orasida xavfsiz masofani belgilash, shaxsiy xavfsizlik anjomlari va testlarni ko’paytirish, maktablarni yangilash qo’shimcha choralar jumlasidan”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Jennifer Psaki.

Ba’zi qonunchilar nazarida, maktablar Kongressda ko’rilayotgan qo’shimcha yordam paketidan pul olishni istasa, ochilishi kerak.

“Maktablar ochilmasidan ularga millionlab, milliardlab dollar pul berish maktablarning ochilishini talab qilayotgan o’quvchilarga nisbatan haqoratdir”, - deydi kongressmen Skalis.