Tutqunlikdagi jurnalistlar - CPJ tashkiloti vakili bilan suhbat

  • Amerika Ovozi

Qamalgan jurnalistlar dunyo xaritasi

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi dunyo bo'ylab kasbiy faoliyati uchun tazyiqlarga uchragan jurnalistlar haqida yillik hisobotini e'lon qildi. Unga ko'ra, hozir dunyoda 259 jurnalist hibsda. Bu raqam o'tgan yilga qaraganda 60 taga ko'p. 2015-yil hibsdagi muxbirlar soni 199 ta edi.

"Amerika Ovozi" tashkilot tadqiqotchisi Gulnoza Said bilan Skype orqali suhbatda hisobot tafsilotlariga to'xtaldi. Uning aytishicha, O'zbekiston qamoqxonalarida besh jurnalist saqlanmoqda.