Qozog’istonda kriptovalyuta ishlab chiqarish kuchayishi ketidan mamlakat elektr quvvatiga bo’lgan ehtiyojlarini qoplashga qiynalmoqda. Kembrij muqobil moliya markazi ma’lumotiga ko’ra, Qozog’iston kriptovalyuta ishlab chiqarish yoki kriptomayning bo’yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turibdi. Bunga elektr quvvatining arzonligi va mutaxassislarning Xitoydan chiqib ketgani sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Qozog’iston hukumati xorijiy hisoblangan va, asosan, norasmiy bo’lgan ushbu sanoatni tartibga solish va unga soliq joriy etish yo’llari ustida o’ylanmoqda.
Kriptomayning ko’p energiya talab qiluvchi sanoat bo’lib, Qozog’iston energiyaga bo’lgan boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida uni import qilishga va iste’molini cheklashga urinmoqda. Natijada bitkoyn kabi kriptovalyuta chiqaruvchi kompaniyalar elektroenergiya tanqisligidan shikoyat qilmoqda.
Mahalliy firmalar, asosan, eskirib borayotgan ko’mir zavodlari ishlab chiqarayotgan elektr quvvati hisobiga ishlaydi. Hukumat iqtisodiyotning qaziluvchi yonilg’iga tobeligini kamaytirishga harakat qilarkan, ko’mir zavodlari va konlari hamda ularning atrofidagi shaharlar bu ishni qiyinlashtirmoqda.
Ba’zilar kriptovalyutani tez boyish manbai sifatida ko’rsa, ko’p hukumatlar xususiy ravishda chiqariluvchi va tez o’zgaruvchan, jinoyatchilar orasida ommabop, sarmoyadorlarga zarar keltiruvchi raqamli valyutaning pul tizimi nazoratiga salbiy ta’siridan xavotirda.
O’tgan oy Xitoy kriptovalyuta chiqarish va u bilan muomala qilishni taqiqlab qo’ydi. Bu esa ko’plab xitoylik mutaxassislarning faoliyatini Qozog’istonga ko’chirishga majbur qildi.
Kriptomayning ko’p energiya talab qiluvchi jarayon bo’lgani uchun u atrof-muhit muhofazachilari xavotiriga ham sabab bo’lmoqda.
Ayrim manbalarga ko’ra, Qozog’iston hukumati qonuniy kriptomayning hisobiga yiliga salkam 230 million dollar daromad ko’rmoqda. Hukumat ro’yxatdan o’tmagan, noqonuniy maynerlar iziga tushgan.
Energetika vazirligiga ko’ra, mamlakatda umumiy kriptovalyuta chiqarish bilan bog’liq elektroenergiya iste’moli 1,8 gigavatt atrofida bo’lib, bu Qozog’istonda ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining 8 foiziga teng.
Noqonuniy maynerlar faoliyatini qonuniylashtirishga qarshi emas, biroq soliq stavkasining qanday bo’lishi hozircha ma’lum emas. Iyun oyida Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritilib, soatiga 1 kilovatt quvvat uchun 1 tanga soliq ko’zda tutilgan, biroq ayrimlar kriptomaynerlarga soliqlarni oshirishni taklif etmoqda.