Davlat kotibi Jon Kerri bugun, juma kuni Kubada, Amerika elchixonasi uzra davlat bayrog'ini ko'tarish marosimiga bosh-qosh bo'lmoqda.
Ikki davlat yarim asrlik adovatni tugatib, shu yil diplomatik aloqalarni tikladi. Qo'shma Shtatlar va Kuba elchixonalari 20-iyulda ishga tushdi.
Kerri oxirgi 70 yilda Ganavaga borgan ilk Amerika bosh diplomati.
Unga Kongress a'zolari, harbiylar sherik bo'lmoqda. Kubada 1961-yildan buyon Amerika bayrog'i birinchi bor hilpirashi.
Shu bilan Amerika fuqarolari Kubaga safar qilishi, kubaliklar esa Qo'shma Shtatlarga kelishi mumkin.