Kar va soqovlarga oliy ta'lim beruvchi dunyodagi yagona ilmgoh

  • Amerika Ovozi

Gallodet universiteti

Vashington shahrida joylashgan Gallodet (Gallaudet) universiteti o’ziga xos ta’lim maskani bo’lib, unda kar va soqovlar oliy ma’lumot olishi mumkin. 153 yil oldin asos solingan universitet talabalari dunyoning turli chekkalaridan. Bunday odamlar odatda imo-ishora orqali aloqa qiladi, ammo dunyo bo’ylab ularning yagona tili yo’q.

Masalan, Ardavan Giti gapirganda, Erondagi karlar uni tushunmaydi, chunki imo-ishora amerikacha.

“Karlar uchun yagona til yo’q. Har bir davlatda shu mamlakat tili va madaniyatiga xos o’z belgilari bo’ladi. Hatto bir mamlakat ichida turli shevalar ham bo’ladi”, - deydi Gallodet universiteti talabasi.

“AQShga kelganimda amerikacha imo-ishorani o’rgandim. Bizda Eronda esa Zey deb nomlanadi”, - deydi u.

Gallodet universiteti kar va soqovlarga oliy ma’lumot beruvchi yagona ilm dargohidir. Bugun talabalar universitetni tamomlamoqda. Hamma hayajonda.

“O’g’limdan faxrlanaman”, - deydi ona.

Xonani sukut qamragan, chunki karlarning harakati ham, so’zlari ham sukutdan iborat. Qo’shiq va musiqa ularga imo-ishora yordamida yetkaziladi.

Aksariyat odamlar ularning tilini tushunmaydi.

Talabalarning kelajak rejalari bor. Misrlik bu qiz amerikacha imo-ishora bo’yicha o’z yurtida ta’lim berishni istaydi.

“Gallodet universiteti tajribasini Misrda tatbiq etsak bo’ladi. Bolalar bilan ishlagim bor”, - deydi Hanan Ali.

Garchi bu insonlar universitetni tamomlasa-da, ish topishda imkoniyatlari sog’lom odamlarniki bilan teng emas.

“Sog’lom odamlarda bizga qaraganda imkoniyatlar kattaroq. Ammo karlar hech kimdan kam emasligini ko’rsatish uchun odatda ancha qattiq ishlaydi”, - deydi Ardavan Giti.