Bugungi dunyo suratlarda - 10-dekabr, 2024
Isroil harbiy kemalari 9-dekabr oqshomida Suriya harbiy flotini yo'q qilgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri bayonot berdi. Uning iddaosicha, Isroil shu tariqa Suriyadan kutiladigan strategik tahdidning oldini olmoqda.
Isroil G'olan tepaliklaridagi bufer zonaga ehtimoliy teraktlardan himoyalanish uchun vaqtincha o'z qo'shinlarini joylashtirganini ma'lum qilgan. Biroq Suriyadagi manbalar 10-dekabrga o'tar kechasi Isroil harbiy samolyotlari Suriyani bombalaganini, qo'shinlari esa Damashq tevaragiga qadar kirib kelganini, harbiy punktlar, samolyotlar va vertolyotlar nishonga olinganini ma'lum qilgan.
Turkiya, Misr, Qatar va Saudiya Isroilning bunday yurishini keskin qoralamoqda.