Your browser doesn’t support HTML5
Afg'onistonning Zabul viloyatida mashinaga qo'yilgan bomba portlab, olti kishi, jumladan uch amerikalik askar va mahalliy shifokor halok bo'lgan. Boshqa bir hujum esa yana bir amerikalikni hayotdan olib ketgan.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, ularni vatan qahramoni deb atagan. Bugungi xurujlarda yaralanganlar orasida bir nechta diplomat ham bor.
AQSh bosh harbiysi, Qurolli kuchlar bosh shtabi raisi Martin Dempsi kutilmaganda Afg’onistonga bordi.
2014-yildan keyin bu mamlakatda Amerika qancha harbiyga ega bo’lishi muhokamada.
General nafaqat Afg’oniston rahbarlari balki xalqaro koalitsiya qo’mondonlari bilan ham muloqot qilmoqda.
Masalani yaqindan o’rgangan mutaxassislar taxminicha, AQSh afg’on zaminida 6-20 ming orasida askar qoldirishi mumkin. Ular asosan treyning bilan shug’ullanadi va faqat maxsus operatsiyalarda ishtirok etishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5