Grin-karta o’yini qayta boshlanadi – 18-oktabrdan 22-noyabrgacha

  • Amerika Ovozi

Texnik nosozliklar tufayli AQSh Davlat departamenti grin karta dasturiga 2019-yil uchun ariza topshirish jarayonini qayta boshlamoqda. Bu haqda AQShning Ekvador va Iordaniyadagi elchixonalari saytida e’lon paydo bo’ldi.

Ariza topshirish uchun yangi muddat - 18-oktabrdan 22-noyabrgacha. Shu kungacha topshirilgan arizalar bekor qilinadi. E’longa ko’ra, o’yinda ishtirok etishni istaganlar 2019-yil uchun qaytadan anketa to’ldirishlari shart.

Ma’lumki, https://www.dvlottery.state.gov/ sayti bir necha kundan beri ishlamayapti. 18-oktabrda qayta ishga tushsa, formani to’ldirish mumkin. Bepul. Tasdiq raqamini saqlab qo’yishni unutmang.

Lotereya natijalari 2018-yil 15-maydan boshlab e’lon qilinadi.

Dasturda qatnashish tartibi haqida batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Mobil-salom: Grin-karta lotereyasi uchun anketa