Ebolaga qarshi kurashda AQSh mutaxassislari ishtirok etmoqda

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish AQSh markazi direktori Tom Friden Kongressda o'tgan tinglovda G'arbiy Afrikadagi Ebola inqirozi haqida hisobot bermoqda, Vashington, 7-avgust, 2014-yil.

Nigeriyaning Tashqi aloqalar markazida xalqaro diplomatik xizmat vakillariga Ebolaga oid so'nggi vaziyat haqida ma'lumot berilmoqda, Abuja, 7-avgust, 2014-yil.

Nigeriya Sog'liqni saqlash vaziri Onyebuchi Chukvu xalqaro diplomatik xizmat vakillariga Ebolaga oid so'nggi vaziyat haqida ma'lumot bermoqda, Abuja, 7-avgust, 2014-yil.

Ebola virusidan o'lgani taxmin qilingan odamning jasadi ko'chada qarovsiz yotibdi, Monrovia, Liberiya, 5-avgust, 2014-yil.

G'arbiy Afrikadagi gazetalarning bosh sahifasidan Ebola virusiga oid so'nggi yangiliklar o'rin olgan.

Lagos shahrining sog'liqni saqlash bo'yicha rasmiysi Jide Idris jurnalistlarga mamlakatda sakkiz kishining Ebola virusini yuqtirganini va hozirda karantinda saqlanayotganini ma'lum qildi. Ular Liberiyadan virusni yuqtirib kelgan AQSh fuqarosi Patrik Soyer bilan aloqada bo'lgani aytilmoqda, Lagos, Nigeriya, 5-avgust, 2014-yil.

G'arbiy Afrikada Ebola virusini yuqtirib olgan AQSh fuqarosi Nensi Raytbol Emori universiteti kasalxonasiga olib ketilmoqda, Atlanta, Jorjiya, 5-avgust, 2014-yil.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish AQSh markazida Ebola virusiga qarshi kurashda yordamlashish uchun G'arbiy Afrikaga jo'natilgan mutaxassislar bilan aloqa qilinmoqda, Atlanta, 5-avgust, 2014-yil.

Ebola virusidan halok bo'lgan odam dafn etilmoqda, Syerra-Leone, 2-avgust, 2014-yil.