Misrda oy oxirida islomiy prezidentga qarshi namoyishlar o’tkazish rejalanmoqda. Chiqishlar qonli tus olsa, armiya aralashishga tayyor.
Mudofaa vaziri, general Abdul Fattoh al-Sissiy kechagi bayonotida shunday ogohlantirish berdi.
Misr qonli girdobga tortilishining oldini olish - qurolli kuchlarning vazifasi, deydi general.
Faollar, muxolifatchilar kelasi yakshanba Qohirada katta namoyishlar o’tkazishi kutilmoqda.
O’sha kuni Misrning demokratik yo’l bilan saylangan ilk rahbari Muhammad Mursiy prezident bo’lganiga bir yil to’ladi.
Oppozitsiya Mursiy va unga sodiq Musulmon Birodarlar harakatini dunyoviy tuzum tarafdorlarining huquqlarini poymol qilayotganlikda, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga ojizlikda ayblab, tanqid qiladi.
Ayrim diniy guruhlar muxolifat rejasiga javoban qarshi namoyishlar bilan chiqmoqchi.