Bugun Misrda hokimiyatdan iyul oyida chetlatilgan prezident Muhammad Mursiy ustidan sud jarayoni boshlandi. Biroq mahkama bir necha daqiqa davom etdi, xolos.
Mursiy hali ham qonuniy prezident ekanini aytib, jarayonni qoralagan. Uning tarafdorlari esa norozilik bildirib, baqir-chaqir boshlagandan so’ng sudya 8-yanvargacha tanaffus e’lon qilgan.
Mursiyga ko’ra, sudda uning ishini ko’rish uchun vakolat yo’q, aksincha uni hokimiyatdan ag’darganlar sud qilinishi lozim.
Mursiy bilan birga yana 14 kishi javobgarlikka tortilmoqda. Muvaqqat hukumat ularni o’tgan yil dekabr oyida prezident saroyi qarshisida namoyishlarga yo’l berib, zo’ravonlik va qon to’kilishlariga sabab bo’lganlikda ayblamoqda. Aybdor deb topilgan taqdirda Mursiy o’lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.
AQSh davlat kotibi Jon Kerri kecha Qohirada bo’lib, Misr muvaqqat hukumati bilan muloqot qilgan. Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Misrga harbiy yordamni to’xtatgani bilan bu davlatni hanuz yaqin do’st va hamkor deb biladi.
Obama ma’muriyati mamlakatdagi siyosiy inqiroz va qon to’kilishlari sabab har yili ko’rsatiladigan 1,3 milliard dollarlik harbiy yordamning katta qismini muzlatgan.
Qo’shma Shtatlar Mursiyning hokimiyatdan chetlatilishi bo’yicha ham norozilik bildirgan.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1782877&w=640&h=506&skin=embeded