Misrda davlat rahbari Muhammad Mursiyning prezident vakolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qarori yangi norozilik namoyishlariga turtki berdi. Odamlar Tahrir maydonida to’planib, politsiyaga tosh otgan, huquq tartibot organlari esa ularga qarshi ko’zni yoshlantiruvchi gaz ishlatgan.
Ko’zga ko’ringan arbob Muhammad al-Barodiy namoyishchilarga murojaat qilib, prezidentni qarorini bekor qilishga chaqirgan, aks holda mamlakat yana tartibsizliklar domiga qaytadi, deya ogohlantirgan. Oliy adliya kengashi ham prezident qarorini tanqid qilgan.
Payshanba kuni qabul qilingan hujjatga ko’ra, davlat rahbarining qarorlarini sud yoki boshqa idorada qayta ko’rish mumkin emas.
Mursiy, shuningdek, o’tgan yilgi qo’zg’olonda namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan sobiq rasmiylar ishini sudda qayta ko’rib chiqishga ham qaror qilgan hamda Oliy suddan parlamentning yuqori palatasi va yangi konstitutsiyani tayyorlash uchun mas’ul kengashni tarqatish vakolatini olgan. Har ikki idorada Mursiyning sobiq partiyasi Musulmon Birodarlar a’zolari ko’pchilikni tashkil etadi. Mursiy prezidentlikka saylangach, partiyadan chiqishga qaror qilgan.
Misr sudyalarining e’tiroz qilishicha, prezidentning so’nggi qarori sud tizimining mustaqilligiga bolta uradi. Mursiy undan voz kechmas ekan, ishga chiqmaymiz, deydi sudyalar.
Namoyishchilar ayrim shaharlarda Musulmon Birodarlar partiyasi idoralariga hujum qilgan. Mursiyning aytishicha, qaror inqilobdan keyin qo’lga kiritilgan yutuqlarni himoya qilishga qaratilgan. Partiya tarafdorlarini ko'chaga chiqib, davlat rahbarini qo'llab-quvvatlashga chaqirmoqda.
Tartibsizliklar natijasida Misrning qimmatbaho qog'ozlar bozorida aksiyalar bahosi 10 foizga tushgan.