Misrda portlashlar, o'lganlar bor

  • Amerika Ovozi

Qohira larzaga keldi

Misr poytaxtida politsiya mahkamasida mashina portlatilgan. Besh kishi halok bo’lgan. Oradan sal o’tib, shaharni yana uch portlash larzaga soldi.

Hududdagi islomiy muzeyga ziyon yetgan.

Xurujlar metro bekati va Giza shahridagi politsiya idorasi yaqinida amalga oshirilgan. Yana bir kishi nobud bo’lgani ma’lum. Bir necha politsiyachi yarador.

To'rtinchli portlash Qohiradagi kinoteatr yonida ro'y bergani aytilayapti. Bir kishi o'lgani haqida xabarlar bor.

Portlashlar juma ertalab, ko’chalar nisbatan bo’sh pallada yangragani aytiladi. Aholi bu hujumlar ketidan shaharda to’polon ko’tariladi, degan xavotirda.

Bugun Misrning bir necha shahrida Musulmon Birodarlar tarafdorlari politsiya bilan to'qnashgan. Mamlakatning eng yirik uyushgan hakaratini hukumat yaqinda terrorchi tashkilotga chiqargan edi.

Birodarlarga mansub prezident Muhammad Mursiy o'tgan yilning yozida harbiy to'ntarish natijasida boshqaruvdan chetlatilgan. U hozir hibsda qolayapti.

Ertaga Misrda Husni Muborakni hukumatdan ag’dargan inqilobga uch yil to’ladi.

Uch yil oldingi inqilob, suratlarda:

Misrda inqilob, 30 yillik rahbar Husni Muborak xalq talabiga ko'ndi