Demokratik inqilobdan ikki yil o’tib, Misr notinch
Bugun Suvayish port shahrida hukumatdan norozi olomon politsiya bilan to’qnashib, olti kishi o’lgan. Vaziyatni tartibga solish uchun ko’plab harbiylar safarbar etilgan.
Qohiradagi namoyishlarda bir kishi halok bo’lgan. Xavfsizlik xodimlari ommaga qarata ko’zni yoshlantiradigan gaz ishlatgan.
Prezident Muhammad Mursiy xalqni tinchlanishga chaqirmoqda.
O’z fikrini tinch yo’l bilan bildirgan fuqarolar dardini tinglaymiz, zo’ravonlikka berilganlar jazolanadi, dedi u, jamoatchilikka qilgan murojaatida.
Poytaxt Qohir, shuningdek, Aleksandriya va Suvayish shaharlarida 400 dan oshiq odam jarohatlangan.
O’zini Osama deb tanishtirgan namoyishchi inqilobdan kutilgan natija bo’lmadi deydi. Hokimiyatni yana xalq bilan hisoblashmaydigan odamlar egalladi va bilganini qilmoqda, deya noliydi u. Misr qashshoqlikda kun kechirmoqda. Turmush zarracha o’rgarmadi, erkinliklar hamon cheklangan, deydi Osama.
Hukumat nazarida esa ahvol astalik bilan izga tushib ketadi, namoyishlar butun xalq munosabatini aks ettirmaydi.
Port Saidda 22 kishi o'ldirilgan
Misrning Port Said shahrida bugunning o’zida 22 kishi halok bo’lgan. O’nlab odamlar jarohatlangan. Sabab – qamoqxona oldida yig’ilgan olomon va soqchilar orasida to’qnashuv. Haloyiq 21 fuqaro futbol maydonidagi to’polonda aybdor deb topilib, o’limga mahkum etilganidan norozi.
Port Saidda o’tgan yili yuz bergan bu fojia 74 kishini hayotdan olib ketgan edi.
Sudlanuvchilarning yaqinlari deydiki, sud hukmi adolatsiz va shuncha odam begunoh qatl etiladi.
Yana 52 kishi hukm kutmoqda.
Misrda o’liy jazo mamlakat ulamo kengashi va mufti tomonidan ma’qullanishi shart.

Your browser doesn’t support HTML5