Yevropa Ittifoqi rahbarlari Sharqiy Ukraina nizolaridagi ishtiroki uchun Rossiyaga qo'yilgan iqtisodiy sanksiyalar muddatini uzaytirishga qaror qildi. Moskvaga qarshi cheklovlar 2018-yilning iyuligacha kuchda qolishi Yevropa Ittifoqi sammitida e’lon qilindi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yilning so’nggi matbuot anjumanida sanksiya masalasiga to’xtalmadi. Biroq ukrainaliklar mamlakat sharqida qirg’in boshlaydigan bo’lsa, Moskvaga yaqin ayirmachi kuchlar kurashga tayyor ekanini aytdi.
“Donbass viloyatida Rossiya harbiylari yoq, lekin hududda maxsus harbiy bo'linmalar bo'lgan. Ular mustaqil va Donbassga qarshi harbiy harakatlarni bostirishga tayyor. Bizningcha, bu kuchlar hudud aholisi manfaatlariga mos. Ular bo’lmasa, "millatchi batalyonlar" siz aytayotgan qirg’inni yoki Srebrenitsadan ham yomonroq qatliomni amalga oshiradi”, - dedi Prezident Putin matbuot anjumanida.
Putin, shuningdek, Kiyevdagi g'arbparast hukumat sharqiy Ukraina nizolariga yechim topish uchun qabul qilingan Minsk kelishuviga to’sqinlik qilayotganini aytdi.