Yevropada siyosatchilar Amerikadan norozi. Sabab – bu davlat xavfsizlik agentligi Yevropa Ittifoqi vakolatxonalarining telefon va elektron aloqalarini zimdan kuzatgan. Bu ma’lumot manbai esa agentlikning sobiq ishchisi Edvard Snouden.
Germaniya va Britaniyaning yetakchi jurnal va gazetalari tarqatgan xabarlarga ko’ra, Qo’shma Shtatlar agentlari Yevropa diplomatik missiyalariga yashirin apparatlar qo’yib, ularning faoliyatini maxfiy ravishda o’rganib borgan.
Blok rahbariyati Amerika elchilarini chaqirib, ularni savolga tutgan va vakolatxonalar tozalansin deya talab qilgan.
Germaniya kansleri Angela Merkelning matbuot kotibi Steffen Seibert Vashington buning uchun javob bersin deydi.
“Darhol tekshirilsin. Agar moslamalar haqiqatdan ham bo’lsa, bunga toqat qilmaymiz. Nima sovuq urushmi bu?” - deydi u.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bu borada savolga tutilganida, xavfsizlik idoralari o’z ishini qiladi, dedi.
“Dunyoning har bir davlati xalqaro maydonda o’z manfaatlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumot yig’ishga harakat qiladi. Shuni sizga aniq aytamanki, juda ko’p mamlakatlar uchun bunday choralar tabiiy hol”, - deydi u.
Fosh etilgan hujjatlarda qayd etilishicha, har oy AQSh xavfsizlik agentligi Germaniyaning o’zidan yarim milliard telefon muloqoti va elektron maktubni tekshiradi.
Deyvid Kadier Yevropada tanilgan ekspertlardan biri.
“Bu Yevropaning ichki muammosi bo’lishi mumkin. Gap bu yerda AQSh Yevropa vakolatxonalari va elchixonalarini zimdan kuzatayotganida emas, balki Yevropa rasmiylari orasidagi informatsion almashinuv yaxshi himoyalanmaganida deb o’ylayman”, - deydi u.
Qizig’i shundaki, Amerika va Yevropa Ittifoqi deyarli har bir masalada yaqin ittifoqdoshlar. Ayni damda tomonlar erkin savdo zonasini yaratish ustida gaplashmoqda.
“Endi bu rejaga nima bo’ladi? Menimcha, erkin savdo zonasi bo’yicha kelishuvlar kechikmaydi. Chunki orada biznes zo’r. Yevropa Ittifoqi rejadan voz kechmaydi”, - deydi tahlilchi Kadier.
Snouden uzatgan hujjatlarda Vashingtondagi 38 missiya, xususan, Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Turkiya elchixonalaridan ma’lumot yig’ilishi qayd etiladi.
Edvard Snouden taqdiri mavhum qolmoqda, ammo u bergan ma’lumotlar Yevropa poytaxtlarida AQShga nisbatan keskin qarshilik uyg’otgan.
Your browser doesn’t support HTML5