“Amerika Ovozi” O’zbek xizmati to’qqiz yildirki televizion dasturlar uzatadi.
Ko’rsatuvlarimizni O’zbekistonda faqat sun’iy yo’ldosh orqali tomosha qilish mumkin. Har kuni, Asiasat 3, C to’lqini, 340-kanalda.
Shuningdek, internetda, amerikaovozi.comda istalgan paytda. YouTube singari video manbalarda ham o’z kanalimizga egamiz.
Qirg’izistonda O’shda va Jalol-Obodda bizni “Keremet” telekanali orqali har dushanba 18:30 da ko’rish mumkin.
Shu kunlarda “Amerika Manzaralari” haftalik telejurnalimizning 500-sonini efirga uzatdik.
2003 yilning dekabr oyida "Amerika Ovozi"da o'zbek tilida teledasturlar berishni boshlaganimizda sizni dunyoning bu qismidagi yangiliklardan boxabar qilib turishni, sizni Amerika bilan yaqindan tanishtirishni, AQSh sizning yurtingizga nisbatan qanday siyosat yuritayotganini tahlil qilib borishni maqsad qilgan edik. Bunga qanchalik erishdik, buni ko'rsatuvlarimizga qarab baholashingiz mumkin.

Oradan to'qqiz yil o'tdi. Bugun sizga "Amerika Manzaralari" ning 500-sonini taqdim etmoqdamiz.
Haftalik telejurnalimiz orqali sizning xonadoningizga kirib borayotganimiz biz uchun sharaf va baxt. Muqaddas kasbimiz bo'ynimizga qanchalik yuksak mas'uliyat yuklashini har on sezib turamiz. "Keremet" telekanali singari hamkorlarimiz, u yerdagi hamkasblarimiz ham buni biladi, hurmat qiladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Yarim soatli 500 dastur bu 250 soat degani. Har hafta sizga Amerika siyosati, global mavzular, bu diyordagi hayot quvonchlari va tashvishlari haqida hikoya qilamiz. Internetdagi sahifamiz va elektron pochta orqali sizdan har kuni bir dunyo maktub va fikr-mulohaza tushadi. Ulardan tegishli xulosa chiqarib, ishimizda davom etamiz. Sizning axborotga nisbatan talabingizni qondirishga harakat qilamiz. Shu kunlarda muxlislardan ko'plab tabriklar oldik. O'zbekiston, Qirg'iziston, Afg'oniston, qolaversa Yevropa mamlakatlari va Amerikada yashayotgan muhojirlardan. Chuqur minnatdorchilik ila ularning ayrimlarini sizga havola etmoqchimiz.
Your browser doesn’t support HTML5
To'qqiz yil qanchalik tez o'tib ketganini ochig'i sezmay qolibmiz. Bu davrda biz ham ko'rsatuv singari ulg'aydik, sizdek aziz muxlislarga ega bo'ldik.
Ko'rsatuvlarimizni tayyorlash esa o'ziga xos, qiziqarli bir jarayon. Ijodiy guruhimiz kichik, ammo shijoatli va iqtidorli.
To'qqiz yillik mehnatni bir necha daqiqalik videoklipga jamlash oson emas... Lekin quyidagi tasvirlar orqali dasturlarimiz, ijodiy guruhimiz va tashkilotimiz haqidagi tasavvuringiz biroz bo'lsa-da boyiydi degan umiddamiz.
Your browser doesn’t support HTML5