Virjiniya musulmonlari yo'qsillarga yordam qo'lini cho'zmoqda

  • Amerika Ovozi

Virjiniya shtatida musulmonlar tuzgan xayriya tashkiloti turli e’tiqoddagi yo’qsil odamlarga yordam bermoqda. “E’tiqod” nomli markaz bepul oziq-ovqat ulashishdan tortib ta’lim dasturlarigacha ko’maklashmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

"E'tiqod" tashkiloti, Behzod Muhammadiy

Virjiniyaning Herndon shaharchasidagi “E’tiqod” tashkilotida bir ayol ikki bolasi bilan oziq-ovqat olmoqda. Har oy bu yerda mingga yaqin odamga yegulik beriladi. Markaz 1999-yil tashkil etilgan va bugun shahar ijtimoiy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Tashkilot oldidagi asosiy maqsad odamlarni qashshoqlikdan qutqarish.

“Biz, avvalo, mijozning holatini o’rganamiz. Shu asosda u bilan reja tuzamiz. Bu insonning sharoitini qanday o’zgartirish mumkin? Biz aslida odamlarning ahvolini yaxshilashga hissa qo’shish niyatidamiz. Biz ularni hozirgi holatlarida qoldirmaymiz, faolroq, dadilroq bo’lishini istaymiz”, - deydi markaz direktori Amrin Ahmad.

Tashkilot asoschilaridan biri Tanvir Mirzaning aytishicha, markaz, diniy e’tiqodi qanday bo’lishidan qat’i nazar, barchaga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan.

“Bu yerdagi hamma biz uchun qo’shni, ular bilan birga yashaymiz. Yordamga muhtoj har qanday odamga va qo’shnilarga xizmat ko’rsatish kerak. Islom bizni shunga o’rgatadi”, - deydi Tanvir Mirza.

Markaz qoshida oziq-ovqat dasturidan tashqari, do’kon bor. Mahalliy aholi tomonidan taqdim etilgan va turli madaniyatlarni ifodalovchi kiyim-kechaklarni topish mumkin.

“Kiyimlar yoki uy uchun, oshxona uchun anjomlar, bolalarga o’yinchoqlar bor. Ba’zan Meksikadagi oilam uchun ham narsa olaman”, - deydi xaridorlardan biri.

Ko’ngillilar yordami hamda rasmiylar va tadbirkorlar homiyligida “E’tiqod” markazi tobora o’sib borayotgan jamiyat uchun xizmat qilishda davom etmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

E'tiqod ezgulikdir - FAITH in Herndon, VA