Bugungi dunyo suratlarda - 7-fevral, 2024

Rossiya kuchlarining Kiyevga hujumidan keyingi manzara, 7-fevral, 2024.

Prezident Volodimir Zelenskiyning bayonot berishicha, Rossiya kuchlari 7-fevral kuni Ukrainaning olti hududiga yirik masshtabli hujumlarni amalga oshirgan. Kiyev va Nikolayevda kamida besh kishi halok bo'lgan.

Ukraina Mudofaa vazirligi hisobotida qayd etilishicha, Rossiya hujumlarida 20 ta dron, 36 ta qanotli raketa, 5 ta "S-300" raketalari va 3 ta ballistik raketalar qo'llangan. Ukraina harbiylari 20 ta dronning 15 tasini, 44 ta raketaning 29 tasini havoda urib tushirishga muvaffaq bo'lgan.

"M23" isyonchi guruhlari va Kongo Demokratik Respublikasi kuchlari o'rtasida to'qnashuv borar ekan, o'z qishloqlarini tashlab qochayotgan aholi

Slovakiya parlamenti qarshisida korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar uchun jazolarni yengillashtirishga qaratilgan islohotga qarshi namoyish
 

Oy taqvimi bo'yicha yangi yil bayrami arafasida Xitoyning qalin qor qoplagan Xubey viloyatidagi manzara

Kaliforniya shtatida bir necha kun davom etgan toshqin va bo'ronlar ortidan 475 ta tuproq ko'chishi holatlari qayd etildi, Los-Anjeles. 

Qatarda o'tayotgan jahon chempionatida ayollar bellashmoqda, Doha. 

Teylor Svift Tokio sahnasida

Dunyoning eng yirik kruiz kemasi Meksika sohillarida