Amerika Oliy sudi gomoseksual nikohlarni qonuniy deb topdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Oliy sudi gomoseksual kishilar o'rtasida nikohni mamlakat bo'ylab qonuniy deb topdi.

AQSh Oliy sudi gomoseksual kishilar o'rtasida nikohni mamlakat bo'ylab qonuniy deb topdi.

Gomoseksual fuqarolar hozir AQShning 36 shtatida va Vashingtonda oila qurishga haqli. Qaror shu zahotiyoq kuchga kirdi.

Bu chora e'lon qilinganidan so'ng sud yonida shodiyona, o'yin-kulgining guvohi bo'lish mumkin edi.

Oliy sud qaroriga ko'ra, janub va g'arbdagi qolgan 14 shtat amaldagi taqiqni bekor qilishi kerak.

Shu bilan Amerikada oxirgi yigirma yillik bahs nihoyasiga yetdi. Hozir Qo'shma Shtatlarda 390 mingdan ziyod shunday oilalar bor.

Prezident Barak Obama buni muhim g'alaba deya ta'rifladi. Davlat sifatida qudratliroqmiz endi, faxrlanishimiz kerak, dedi Oq uy rahbari.

Your browser doesn’t support HTML5

Diniy erkinlik nima?

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada gomoseksual hayotga munosabat - Gays - Attitudes in US