Gruziyada Sovet Ittifoqi qulagandan beri hukumat birinchi bor tinch yo’l bilan almashmoqda. Parlament saylovlarida muxolif partiyalar g’olib bo’lgach, o’z partiyasi mag’lubiyatini tan olgan prezident Mixail Saakashvili endi muxolifat bilan birga ishlashga tayyor. Muxolif koalitsiya yetakchisi Bidzina Ivanishvilining aytishicha, yangi hukumat ham G’arbga yaqinlashish siyosatini davom ettiradi.
Muxolifat va prezident Saakashvili qarashlari o’rtasida jiddiy tafovutlar ko’p. Ammo biz Gruziyaning amaldagi G’arbga yaqinlashuv siyosatini o’zgartirmaymiz, deydi muxolifat yetakchisi Bidzina Ivanishvili.
“Yevropa va Yevro-Atlantika zonasiga yaqinlashish strategiyamizning bosh mazmuni va bu borada eski hukumatning ishini davom ettiramiz. Yevropaga qarab siljishda davom etamiz va Gruziya yaqin kunlarda NATO ga qo’shiladi”, - deydi Ivanishvili.
Ko’plab tahlilchilar milliarder siyosatchini rossiyaparastlikda ayblayotgan edi. Bo’lajak bosh vazir Rossiya bilan aloqalarni tiklash haqida gapirgan. Ammo bu hafta u birinchi xorijiy safari AQShga bo’lishi haqida aytdi.
Kreml Gruziyadagi o’zgarishlarga umid bilan, ammo ehtiyotkorona munosabat bildirmoqda.
“Umid qilamizki, Gruziyadagi yangi hukumat qo’shnilari bilan, xususan, Rossiya, Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan aloqalarini yaxshilaydi”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Abxaziya va Janubiy Osetiyaning Gruziyadan 2008-yilda ajralib chiqishi oqibatida Rossiya va Gruziya o’rtasida qisqa muddatli urush kelib chiqdi. Rasmiy Moskva qo’llab-quvvatlovi bilan mustaqillikka erishgan ikki respublikaning yangi huquqiy maqomini Tbilisi hanuz tan olgani yo’q.
Janubiy Osetiya Tashqi ishlar vaziri Devid Sanakoyevga ko’ra, Gruziyaning yangi hukumati bilan aloqalarning qanday bo’lishini vaqt ko’rsatadi.
“Yangi hukumat bilan hamkorlik qilamizmi, yo’qmi, bu ularning qanday siyosat yuritishiga bog’liq. Avvalo, biz Gruziyadan Janubiy Osetiya Respublikasi mustaqilligini tan olishini talab qilamiz. Shundan so’ng biz ular bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalari o’rnatishimiz mumkin”, - deydi Janubiy Osetiya rasmiysi.
Muxolifat hukumatga tinch yo’l bilan kirish arafasida turibdi. Prezident Saakashvili o’zaro ziddiyatlarni chetga surib, yangi hukumat bilan ishlashga tayyor.
“Ko’p masalalar bo’yicha qarashlarimizda fundamental farqlar bo’lishiga qaramasdan, qonun va konstitutsiya doirasida hukumatni yangi egalariga topshirish jarayonidamiz. Diqqat qaratish lozim bo’lgan bir masala bor bu yerda. Xalqimizga muvaffaqiyat yor bo’lsin. Gruziyaning kelajagi buyuk ekaniga ishonchim komil va bu kelajakda bizning partiya ham muhim o’ringa ega bo’ladi”, - deydi prezident Saakashvili.
Hukumat o’zgarsa ham, Saakashvili kelasi yilning oxirigacha prezident lavozimida qoladi. Shundan so’ng, konstitutsiyaga ko’ra, prezidentning ko’plab vakolatlari bosh vazirga o’tadi.
Xalqaro oshkoralik tashkiloti vakili Mark Myullen Gruziyadagi siyosiy o’zgarishlardan mamnun.
“Uzoq vaqt to’la nazorat amaldagi hukumat mansub partiya qo’lida edi. Gruziya parlamenti uchun bu katta falokat bo’ldi. Partiya xohlagan ishini qildi va bu juda ayanchli holat”, - deydi tahlilchi.
90-yillardan beri bir necha qonli voqeani boshidan kechirgan Gruziya bugun sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasida demokratiyaga tez yuz tutayotgan mamlakat. Kurashga boy saylov, amaldagi prezident partiyasining mag’lub bo’lishi hamda prezidentning saylov natijalarini tan olishi sobiq kommunist o’lkalari uchun noyob voqelik. Gruziya demokratiyasini qanday istiqbol kutayotgani endi kelgusi yillarda ma’lum bo’ladi.
Your browser doesn’t support HTML5