Gruziya bo’lg’usi bosh vaziri Bidzina Ivanishvili kelasi bir yarim yilda siyosatni tark etmoqchi.
Milliarder siyosatchi kecha parlamentda ana shu haqda e’lon qildi.
U fuqarolik jamiyatining faol vakili bo’lishni va kuchli jamiyat safida hukumatni savolga tutishni xohlayman, deydi.
Ivanishvili muxolifatga qo’shilganiga bir yildan oshgan.
Parlament saylovlarida g’alaba qozondik, biz tuzgan hokimiyat xalq manfaatlari va xohishi yo’lida mehnat qilishda davom etadi, deydi u.
Biznesmen Ivanishvilining Gruziya orzusi harakati 1-oktabr kungi saylovda g’alaba qozonib, Mixail Saakashvili rahbar Birlashgan milliy harakat partiyasining to’qqiz yillik boshqaruviga yakun yasadi.
Har ikki arbob Gruziyada tinch siyosiy islohotlarni yoqlab, murosaga erishdi.
Saakashvilining xizmat muddati kelasi yil tugaydi va undan keyin, konstitutsion o’zgarishlarga ko’ra, prezidentning aksariyat vakolatlari bosh vazirga o’tadi.
Your browser doesn’t support HTML5